Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shunda bilursankim, ilm bepoyon. A.Firdavsiy

O’rganishni o’rganish!!!
21-asrda o‘rganish muammo bo‘lmaydi, balki o‘rganishni bilmaslik muammo bo‘ladi. Alvin Toffler

Hayotda professional shaxslarning ko’pchiligi birinchi darajali o’rganishni maktabdan buyon o’rganib bo’lishgan, lekin tanganing ikkinchi tomoniga o’tmaydi. Ular bajarayotgan ishida juda muvaffaqqiyatliki, kamdan-kam holatda muvaffaqqiyatsizlikka uchrashadi. Agar to’siqlar chiqib qolsa, to’g’ri xulosa chiqara olmaydi va oqibatda qachonki muammo duch kelsa, ular o’zlarini himoya qilishga o’tadi, tanqidlarni tinglamaydi, aybni boshqa inson yoki vaziyatga to’nkaydi. Haqiqiy o’rganuvchi shaxs aybni o’zidan va fikrlashlaridan topishga urunib, uni yo’q qilish yo’llarini qidiradi.

O’rganish bosqichlari
1960 yillarda bir guruh olimlar biz qanday qilib yangi qobilyatni o’rganishimizni tadqiq qildilar. Unga ko’ra, biz o’rganish mobaynida 3 bosqichdan o’tamiz. Keling shu 3 bosqinchi mashina haydash misolida ko’rib chiqsak. Birinchi, siz “fikrlaydigan” bosqichdasiz, mashina haydashni o’rganasiz, qo’l uzatmalarida shug’ullanasiz va yo’l qoidalarini o’rganasiz. Ikkinchi “bog’lovchi” bosqichda, endi siz har xolda kerakli darajada o’rganib bo’ldingiz , kamroq xatolar qilasiz, mashina haydaganda musiqa bilan hayday olasiz yoki bir qo’lda bemalol ko’chada kezasiz, bunda mashinani boshqarishdagi jarayonga kamroq konsentratsiya qilasiz. Uchinchi bosqich esa bu avtopilot bo’lib, mashina haydashdan allaqachon usta bo’ldingiz, qaramasdan va fikrlamasdan tezlikda uzatmalarni boshqarasiz. Oxirgi bosqichda siz boshqarish ustidan fikrlashingizni yo’qotasiz, boshqarish odatlarga odatlanib qolasiz va shu odatlar tufayli ongli ravishda fikrlashdan chiqib ketasiz. Bir tomondan bu unumli, siz endi har doimgi takrorlanadigan ishlarga kamroq vaqt sarflab, sizga yanada muhimroq bo’lgan yumushlarga e’tibor qaratasiz.

Lekin aynan shu bosqichda siz o’rganishdan to’xtaysiz, hech qanday rivojlanish yo’q, doimiy turg’unlik, o’zingizni qulay zonadan chiqqingiz kelmaydi va o’z ustizda ishlashni xoxlamaysiz. Shu bosqichni olimlar OK platformasi deb ataydi, bu xuddi o’tib bo’lmas devor bo’lib, agarda siz uzoq muddat shug’ullanish mobaynida mashina haydashda “Shumaxer” (majoziy ma’noda) bo’lmagan bo’lsangiz, bilingki siz OK platformasidasiz. Shu nuqta havaskor va professional odamlarni ajratadigan “devor” hisoblanadi, professional inson albatta OK turg‘unligidan o‘tib yanada rivojlanadi.

Turg’unlik devoridan sakrash
Florida Davlat Universitetining psixologiya professori Andres Erikson ekspertlarning ekspertlarini butun hayoti davomida o’rgandi , ularning o’rganish qobilyatlari va qanday qilib istisnoiy muvaffaqiyatga erishganlari ustida tadqiqotlar qildi. Bitta asosiy g’oyasi shuki, istisnoiy muvaffaqiyatga erishish tug’ma emas aksincha hayotdan o’rganilgan — “ASlarning ASlari” OK platformasini aqlan yenganlardir. Labaratoriyada olib borgan tadiqoqtlarda turli sohaning ASlarini o’rganib chiqildi : musiqa daholari, figurali uchish masterlari, shaxmat groysmesterlari, basketbol o’yinchilarining xotirasi, professional aktyorlar va hokazo. Natijada deyarli barcha muvaffaqiyatli insonlarda bir xil ishlash usuli va fikrlash tizimini topildi. Shu munosabtdan A.Erikson OK turg’unligini yengishga 3 maslahat beradi:

1) Sanoq emas, Sanoqli Sifat muhim!! Havaskor pianino chaluvchi bilan proffessionallarini farqi shunda ekanki, havaskor ko‘p mashq qiladi, proffessional esa ko’proq SIFATLI mashq qiladi. Ko’r-ko’rona ko’p o’z ustida ishlash emas, qanday ishlash ustunroq. Bunda hamma narsada – shaxmat, basketbol, futbol-u va gitarada o’ynashni o’rganishda ham maqsad va aql bilan shug‘ullanishingiz, “maqsadli mashqlar” qilish darkor. Ayniqsa, sport ustalari oldiga maqsadlar qo‘yib, o‘zining qulay zonasidan(osongina shug‘ullanayotgan mashqidan) yuqoriroq marrani bir xaftada egallayman deb o’ziga bosim beradi. Ko’pincha biz o’zimizning qulay zonamizdan, qolipdan tashqariga chiqishni xohlamaymiz biroq aynan shu chiqish rivojlanishning yo’li ekanligini anglash kerak.

2) Xatolar .. xatolar.. va yana xatolar!! Rivojlanishdagi tur’gunlikni yengish yo‘llardan yana biri bu xatolarning sonini keskin ko‘paytirish xisoblanadi. Negaki, eng daho pianino chaluvchilarni o’rganilganda shu narsa ayon bo‘ldiki, ular qaysi notada ko‘p xato qilishsa, o‘sha nota ustida ko‘proq xato qilib, yaxshilanmagunigacha ishlar ekan. Yoki kompyuter klaviaturasiga qaramasdan yozishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, ko‘plab xatolar qilishni davom etib, o‘sha xatolarni takrorlamaslikka harakat qilish, darhaqiqat, klaviaturadagi yozish tezligingizni oshiradi. Ammo, odatda, maktablarimizda bizni xato qilmaslikka o‘rgatiladi va xato qilinsa past bahoga loyiq ko‘riladi. Natijada biz xato qilishdan qo’rqib qolamiz. Xato qilishdan qo‘rqmaslik lozim. Zero, Eynshteyn takidlaganidek siz xato qilmagan bo‘lsangiz, demak o’rganishga ham urinmagansiz. Xatolarni tahlil qilib o‘rganish va ularni takrorlamaslik, xohlagan sohaning muvaffaqiyat garovi.

3) To’g’rilovchi tanqid – chin ko’maklashish demak. Sizdan qobilyati ustunroq odamning ko‘maklashishi mavzu yuzasidan qanchalik rivojlanayotganingizni ko‘rsatadi va o‘rganishga qiziqishingizni oshiradi. Ko‘mak olsangiz, undan tashqari, xatoyingiz ustida ishlaysiz, xatolarni birma-bir yo‘qotib, ularning sonini kamaytirasiz. Tanqidiy ko’mak qilinganda ham juda ehtiyot bo‘lish darkor. Ayrim insonlar tanqidni yomon qabul qiladi va to‘g‘ri tushunmasligi mumkin. Asosiysi, tanqid shunchaki kamchiliklarni aytish emas, ularni bartaraf qilish usuli bilan aytilinsa katta yordam bo’ladi, axir “gulzorga qaychi bilan emas, balki tokqaychi” bilan kirish lozim. To‘g‘rilovchi tavsiyani ustoz yoki sohaning darg‘alaridan tinglash ayni muddao bo‘ladi, ularning tajribasi bebaho bo’lib chiqadi. Misol tariqasida, futbolda Krishtianu Ronaldoni shu darajaga chiqishida ustozlari Ser Aleks Fergyusson va Rene Melestyanning to’g’rilovchi tavsiyalari katta ro’l o’ynaganligini futbol muxlislari yaxshi biladi.